o‘z
RU
DE
Navbatdagi o‘quv amaliyoti
Joriy yilning 17-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga tashrif buyurdilar.



Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar. Shuningdek, ular tanlagan asarlari asosida booktuber loyihalari uchun tayyorgarlik ko‘rib, kitoblarni keng kitobxonlar ommasiga qiziqarli tarzda taqdim etish usullari ustida ham ishlamoqdalar.
Talabalar asarlarning mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini chuqur o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Booktuber faoliyati uchun tayyorgarlik jarayonida talabalar kitoblar bo‘yicha videotaqdimotlar tayyorlash, asarlarni tahlil qilish va o‘z o‘quvchi taassurotlarini auditoriyaga samarali yetkazish bo‘yicha ham tajriba orttirmoqdalar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlari tanlagan asarlarni nemis tiliga tarjima qilish ustida faol ish olib borish bilan birga, tarjima tajribalari, ijodiy yondashuvlari va booktuber loyihalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
