o‘z
RU
DE
“Sening noming mening qalbimda...” nomli adabiy-musiqali kecha
Joriy yilning 9-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Danko” klubi tomonidan “Sening noming mening qalbimda...” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.





Mazkur tadbir adabiyot va san’at ixlosmandlarini bir davraga jamlab, ijod va ma’naviyatga oshno qalblar uchun unutilmas uchrashuvga aylandi. Kecha davomida klub a’zolari hamda faol kitobxonlar o‘zlarining she’riy va badiiy chiqishlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Mazmunan boy she’rlar, dilga yaqin adabiy asarlardan parchalar va musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ijodiy muloqotlar jarayonida adabiyotning inson qalbi va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, badiiy ijodning ma’naviy hayotimizdagi ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zaro adabiy suhbatlar qurib, ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Samimiyat, do‘stlik va ijodkorlik muhiti hukm surgan ushbu kecha barchada yorqin taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar adabiyot va san’atga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini yanada mustahkamlab, qalblarida iliq xotiralar bilan tarqaldilar.
