o‘z
RU
DE
#hamkorlik
Joriy yilning 3-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasining amal qilish muddati yangilandi.


Hamkorlik muddatining uzaytirilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, mutolaani keng targ‘ib etish, xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, hamkorlik doirasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ko‘chma kutubxona faoliyati davom ettirilmoqda. Bu esa xodimlarga xizmatdan bo‘sh vaqtlarida badiiy, ilmiy-ommabop va ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlarni mutolaa qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Ishonamizki, yangilangan hamkorlik kelgusida ham yangi loyihalar va ezgu tashabbuslarning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
