Uchrashuv

 Joriy yilning 22-iyul kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulugʻbek tuman partiya tashkiloti raisi Azizbek Sattorov Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va axborot xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр