#Yoshlar_kuni

 Joriy yilning 20-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan “Yoshlar siyosati — yoshlar tashabbusi va faol ishtiroki garovi” mavzusida rahbar va yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 Davra suhbatida yoshlarning tashkilot va jamiyat hayotidagi o‘rni, boshqaruv jarayonlarida faol ishtiroki, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Rahbar tomonidan yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning tashabbuslarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр