#metodik_yordam

 Joriy yilning 15-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yangi Olmachi” MFY kutubxonasiga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif amalga oshirildi.

 Tashrif davomida kutubxona ish faoliyatini takomillashtirish, kitob fondidan samarali foydalanish, adabiyotlarni tartibli saqlash hamda kitobxonlarga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kutubxonada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

 Uchrashuv yakunida mahalla kutubxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish, aholi orasida kitobxonlikni ommalashtirish hamda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр