Tanlov

#körik_tanlov
#jadidlar

 “JADIDLAR İZİDAN” KÖRIK-TANLOVI

Bugun 23-oktyabr Mirzo Uluğbek tumani maktablari örtasida yoş avlodning tarixiy bilimlarini mustahkamlaş, jadid bobolarimizning hayoti va ma’rifiy merosini çuqur örganiş maqsadida “Jadidlar izidan” nomli körik-tanlov bölib ötdi.

 Tanlov ikki bosqiçda taşkil etildi.

Birinçi bosqiçda öquvçilar jadidlar hayoti, faoliyati va ijodiga oid bilimlarini test sinovlari orqali namoyon etdilar. Test natijalariga köra, yuqori ball töplagan iştirokçilar ikkinçi bosqiçga yöl oldilar.

Uşbu bosqiçda öquvçilar bilan suhbat asosida savol-javoblar ötkazilib, ularning bilim va dunyoqaraşlari baholandi.

 Yakuniy natijalarga köra, öquvçilar sinflar kesimida munosib örinlarga loyiq deb topilib, ğolib va sovrindorlarga estalik sovğalari topşirildi.

 Mirzo Uluğbek tuman axborot-kutubxona markazi vakillari mazkur körik-tanlovda ekspert sifatida iştirok etdilar.

Barça iştirokçilarni erişgan natijalari bilan tabriklaymiz! Respublika bosqiçiga yöllanma olgan öquvçilarimizga kelgusi bellaşuvlarda ulkan muvaffaqiyat, mustahkam bilim va omad tilaymiz!

 Jadidlar izidan — ma’rifat, taraqqiyot va yuksak marralar sari!
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр