o‘z
RU
DE
Zamondosh
Joriy yilning 20-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Zamondosh” klubi a’zolari ishtirokida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan “Demang, shoir tinib ketdi...” nomli badiiy-musiqali kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir jarayonida klub a’zolari va she'riyat ixlosmandlari shoirning boy ijodiy merosiga oid chiqishlarini namoyish etdilar. Uchrashuvda Erkin Vohidovning otashin she’rlari mahorat bilan o‘qildi, uning qalamiga mansub dostonlar hamda asarlardan namunalar taqdim etildi, bu esa davraga yanada fayz va yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida adibning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning asarlaridagi teran falsafa va insoniy qadriyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kecha samimiy, ijodiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, “Zamondosh” klubi a’zolari va barcha ishtirokchilar o‘zaro iliq taassurotlar hamda unutilmas xotiralar bilan bo‘lishdilar.