o‘z
RU
DE
O‘zbek tili bayrami
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alisher Navoiy xotirasiga hurmat bajo keltirildi
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy xotirasiga hurmat bajo keltirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida ulug‘ bobokalonimiz haykali poyiga gullar qo‘yilib, uning boy adabiy va ma’naviy merosiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Mazkur tadbir o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.