Biz haqimizda

Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-4354-sonli qarori bilan O`zbekiston Milliy kutubxonasining tasarrufidagi 12 ta viloyat axborot-kutubxona markazlarida 186 ta tuman axborot-kutubxona markazlari tashkil etilganligi va Toshkent shahrining 10 ta tumanida ham AKMlari tashkil etilganligi munosabati bilan Mirzo Ulug`bek tuman AKM tashkil etildi.

Bizning AKM faoliyati aholini axborot bilan ta`minlash uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berish, o`sib kelayotgan avlodni intellektual ehtiyojini qondirish, madaniy, ma`naviy-axloqiy merosimizni saqlab qolishga yo`naltirilgan.

Barcha ko`rsatkichlar me`yoriy hujjatlarga asosan tasdiqlangan.

AKM “Kitobxon”

AKM “Katalogizator”

Bu aholini barcha qatlamlariga fond bilan foydalanish uchun cheksiz imkoniyatlar yaratib beradi. AKM xizmatlari bilan maktab o`quvchilari, tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi insonlar, ijodkorlar, o`qituvchilar tarkibi, ayniqsa yoshlar – 1000tadan ziyod kishi foydalanadi.

Elektron axborot tashuvchi vositalari va bosma adabiyot bilan fondni jamlash uchun bizning AKM albatta inobatga olinadi. Hozirgi vaqtda AKM foydalanuvchilari uchun zamonaviy texnik vositalar bilan ta`minlangan zamonaviy o`quv zallar va boshqa xonalar taqdim etilgan.

Bularda: kompyuterlar – 10 ta, nusxa ko`cherish texnikasi, audio-video apparatura, noutbuk va katta elektron axborot tashuvchi vositalar fondi mavjud. Biz o`z faoliyatimizda Internet xizmatidan ham foydalanamiz va yoshlar dunyo qarashini Internetning cheksiz imkoniyatlari orqali kengaytirib boramiz.

Yillik ish rejasi muhim sanalar taqvimi asosida olib boriladi. Ular haqidagi ma`lumotlar OAV orqali yoki bizning Web-sayt, Facebook, Instagram, Telegram, YouTube va Twitterdagi kanallarimizda yoritiladi.

Har yili AKM turli jamoat tashkilotlari – mahalla, tuman, Rossiyaning madaniyat Markazi, tuman Mudofaa bo`limi, muzeylar, shahar bolalar ijodiyoti markazlari bilan hamkorlikda bajariladigan ish rejalari asosida shartnomalar tuzadi.

AKM faoliyatida Toshkentdagi Gyote-institut bilan hamkorlik asosida AKM fahri bo`lgan, bugungi kunni talabiga javob bera oladigan, zamonaviy nemis o`quv zali tashkil qilingani muhim o`rinni egallaydi.

Ushbu katta ishni 14 kishidan iborat, asosan oliy ma`lumotga ega bo`lgan, yuqori professional darajali jamoa amalga oshirib kelmoqda.

O`z faoliyati davomida AKM mutaxassislari Respublikamizda barcha AKMlar uchun koordinatsion markaz hisoblangan Alisher Navoiy nomli O`zbekiston Milliy kutubxona tomonidan yaratilgan uslubiy qo`llanmalar, me`yoriy hujjatlar yordamida ish olib bormoqda.

Bundan tashqari biz O`zbekiston Milliy kutubxonasi va Respublika axborot-kutubxona markazi  tomonidan tashkil qilinadigan malaka oshirish kurslarida bilimimizni oshirib bormoqdamiz.