"Tanish kitoblarni ochaylik"

13.04.2023 Mirzo Ulug`bek tumani axborot-kutubxona markazida III Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida "Tanish kitoblarni ochaylik" intellektual viktorina - vidio - sayohat tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda 211-maktabning 5-8-sinf o`quvchilari qatnashdilar.

Tadbir ochilishida O'zbekistonda kitobxonlik haftaligi qanday o'tayotgani, kitob o'qishning  inson taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyati haqida so'z yuritildi. 

Tadbir davomida AKM mutaxassislari "Kitobni ochib, dunyoni ochamiz", "Kitoblar dunyosiga sayohat" kitob ko'rgazmalaridagi kitoblarni taqdim etdilar. 

Bolalar o'z bilimlarini  qiziqarli bo'lgan intellektual viktorinada qatnashib, sinab ko`rdilar.
 Viktorina bir nechta turlarda o'tkazildi , masalan: "Buratino va uning oltin kaliti", "So'z o'yini", "Koinotga sayohat". 

5-sinf o'quvchilari o`zlarining  sevimli she'rlarini o'qib berdilar. 

Barcha ishtirokchilar va g'oliblar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi