“Axborot-kutubxona fondlarini xatlovdan oʻtkazish, qayta baholash: muammo va yechimlar”

2023 yil 24 oktyabr kuni

Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona fondlarini xatlovdan oʻtkazish, qayta baholash: muammo va yechimlar” mavzusida seminarda ishtirok etdilar. Seminarda axborot-kutubxona muassasalarida fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish tartibi bo‘yicha tushunchalar yoritildi. Shuningdek, amaldagi yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga muvofiq ish yuritish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarga tayanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi