“Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va xavfsizlik – O‘zbekiston siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimot bilan birgalikda davra suhbat

INFOLIB Uzbekistan – 2023 doirasida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevga MDHning oliy mukofoti topshirilishi munosabati bilan “Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va xavfsizlik – O‘zbekiston siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimot bilan birgalikda davra suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbir Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun rus madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida Yangi O‘zbekiston konsepsiyasida mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, Uchinchi Uyg‘onish davri poydevorini yaratish borasidagi islohotlarning asosiy g‘oyasi o‘z ifodasini topgani ta’kidlandi.

 
Источник: 
Axborot-kutubxona markazi