o‘z
RU
DE
“Adabiy ertaklar”
2023 yil 3 noyabr kuni
2023 yil 3 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabning 3-sinf o‘quvchilari uchun “Adabiy ertaklar” kutubxona darsi o‘tkazildi. O'quvchilar ertakning janri va uning turlari bilan tanishdilar. O'zlari chizgan ertak qahramonlari bilan tanishtirdilar. Tadbirda o'quvchilar berilgan mavzu bo'yicha qiziqarli topshiriqlarni uddaburonlik bilan bajardilar. TAKM mutaxassislari o'quvchilarga kutubxonada kitob tanlash va kitob javonidan uni izlash bo'yich qiziq va muhum ma'lumotlar berdilar. O'quvchilar kitobdan foydalanish va kutubxonaga a'zo bo'lish qoidalari haqida ham ma'lumotga ega bo'ldilar. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni yanada rivojlantirish. Tadbir yakunida o'quvchilar eng mashhur va qiziqarli ertaklar jamlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.