o‘z
RU
DE
"Kitob olamiga sayohat"
“IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida, 2024-yil 22-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tumanidagi 211-sonli maktabda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan "Kitob olamiga sayohat" nomli kitob haftaligining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
AKM mutaxassislari tomonidan kitob mutolaasining ahamiyati haqida so'z yuritildi, "O'qish zarar emas - o'qimaslik zarar" nomli taqdimoti hamda "Kitobdan yaxshi do'st yo'q" nomli kitob ko'rgazmasi namoyish etildi. Maktabning 1"B"-sinf o'quvchilari adabiy intellektual viktorinada faol ishtirok etdilar va sovg'alar bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida bolalar "O'qishni bilish qanday yaxshi" shiori ostida she'rlar va o'z chiqishlarini namoyish etdilar.