o‘z
RU
DE
“O'qiganlarimizni o'rtoqlashamiz”
2024-yil 26-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tuman Axborot-kutubxona markazida “IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida “O'qiganlarimizni o'rtoqlashamiz” nomli tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirga 18-sonli maktabning 4"B" sinf o'quvchilari tashrif buyurdilar va AKM mutaxassislari tomonidan ularga kutubxona fondida mavjud kitoblar asosida yaratilgan “O'qiganlarimizni o'rtoqlashamiz” nomli taqdimot namoyish etildi va kitobning insoniyat uchun ahamiyati, kitobxonlikning foydalari haqida ma'lumot berdilar.
O'quvchilar "O'qiganlarimiz haqida" nomli viktorinada faol ishtirok etdilar va o'zlari o'qigan kitoblari haqida hayajon va tasurot bilan gapirib berdilar. Tadbir davomida kitobxonlarni e'tiborini badiiy adabiyotga jalb qilish maqsadida buktreylerlar va bolalar, ilmiy adabiyotlar klassiklari kitob ko'rgazmalari namoyish etildi.
Tadbirni o'tkazishdan maqsad o'quvchilarning kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish; o'quvchilardagi muntazam ravishda kitob o'qishga bo'lgan ehtiyojini shakllantirishdan iborat.
https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/5656