Аleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.

Joriy yilning 6 iyun kuni Mirzo Ulugbek TAKM mutaxassislari she'riyatni sevuvchi yosh kitobxonlar bilan, poytaxtimizdagi Pushkin haykali joylashgan maydonda taniqli rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi jamoalari hamda taniqli ijodkorlar, adabiyotshunoslar, san’atkorlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, aholi, shu jumladan bolalar va yoshlarda bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuyg‘usini mustahkamlash, buyuk shoir A.S.Pushkinning hayoti va ijodini, avlodlarga qoldirgan bebaho ma’naviy me’rosini o‘rganish, targ‘ib qilish orqali yoshlarni adabiyotga, tarixga, she’riyatga va kitobxonlikka qiziqishini oshirishdan iborat.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S.Said Pushkin o‘z she’riyatida sharqona mavzuga alohida e’tibor berganini ta’kidlab, bu borada zamonaviy shoir va yozuvchilar Pushkin ijodiga xuddi yuz yillar oldin qanday hurmat bilan qaralgan bo‘lsa hozirda ham uning ijodi shunday hurmatga sazovorligi haqida takidlab o`tdi. So‘zga chiqqanlar yoshlarni umumbashariy ruhda tarbiyalashda, jamiyatda ahillik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda adabiyot muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Tadbir davomida Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi kitobxonlari Pushkin she'rlarini mahorat bilan o'qib berdilar. Tadbirning rasmiy qismi yakunida ishtirokchilar A.S.Pushkin haykali poyiga tantanali ravishda gullar qo‘yishdi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр