o‘z
RU
DE
“Yozni kutubxona bilan”
8-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yozni kutubxona bilan” turkumida “Baxtli bolalik” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
"Mohir qo’llar" guruhi rahbari Anisimkina Lyubov Nikolayevna, slavyan latta qo'g'irchoqlarining usta qo'g'irchoqbozi, qiziqarli va foydali mahorat darsini o'tkazdi. Qogirchoq ustasi yosh kitobxon va ularning onalariga hushxabar ramzi bo'lgan “Qo'ng'iroq” qo'g'irchog'ini yasashni o'rgatdi.
Bolalarning har biri o'zlarining yorqin qo'g'irchoqlarini qiziqish va tirishqoqlik bilan yasadilar. Tadbirdagi muhit ijodiy va do'stona bolib otdi. Qo'g'irchoqlar bir-biridan chiroyli va bejirim chiqdi. Bolalar o‘z qo‘llari bilan yasagan qogirchoqlarini uyga olib ketishdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘quv zalida, tadbir uchun maxsus ochilgan qog`irchoqlar haqidagi qiziqarli kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.