“Yozgi ta'tildagi mutolaa”

2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida, Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yozgi ta'tildagi mutolaa” nomli ko'chma kutubxona tashkil etildi. 

Ko'chma kutubxona tashrif buyurgan ota-onalar,  o'qituvchilar va bolajonlarda katta qiziqish uyg'otdi. Ko'chma kutubxona uchun  kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada maktab o'quv dasturi va boshqa qiziqarli adabiyotlar taqdim etildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр