"Bizning kutubxonalarimiz: rus tilida o'qing" dasturi

"Bizning kutubxonalarimiz: rus tilida o'qing" dasturi natijalari va nihoyat mamlakatlar kutubxonachilari uchun muhim voqea – to‘plamlarni shakllantirish, elektron resurslardan foydalanish va yangi kitobxonlarni jalb qilishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan ta’lim dasturi yakunlandi.

Tadbir tashkilotchilari: Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qomitasi , V.V. Mayakovskiy nomidagi Markaziy davlat ommaviy kutubxonasi, Rossiya hamkorlik tashkiloti ko'magida

Loyihada 10 ta davlatdan: Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston va Janubiy Osetiyadan 30 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi.

Ular Sankt-Peterburgdagi eng yirik kutubxonalar amaliyoti bilan tanishgan va inklyuziv kutubxonalar ishini o'rganadigan o'quv mashg'ulotlarida qatnashdilar.

Dasturni yopilish marosimida Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi ijodiy tanlovlarda ishtirok etganligi uchun diplom, sertifikat va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

Tadbirda tabrik so‘zlarini Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qomitasi bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Ganin va V.V. Mayakovskiy nomidagi Markaziy ommaviy davlat kutubxonasi ilmiy kotibi Svetlana Goroxova so‘zladi.

Loyiha ishtirokchilari tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр