"Kutubxonada statistik hisobotlarni tog'ri yuritish"

2024-yil 4-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kutubxonada statistik hisobotlarni tog'ri yuritish" mavzusida sayyor seminar o'tkazildi. Unda Toshkent shahar Sergeli, Yashnobod, Yunusobod TAKM direktorlari va xizmat rahbarlari ishtirok etishdi. Seminarda TAKM mutaxassislari tomonidan topshirilgan hisobotlar va hisobotlarning xato va kamchiliklari tahlili "Bilim" axborot-kutubxona markazi "Ilmiy-metodika" xizmat rahbari Muxayyo Inoyatova tomonidan batafsil va chuqur tushuntirib berildi. Tadbir so'nggida TAKM mutaxassislari o'rtasida savol-javob o'tkazildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр