“Jadidlarning ma`rifatga qo`shgan hissasi: O`zbekiston tarixida iz qoldirganlar”

2025-yil 4-mart kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida “Jadidlarning ma`rifatga qo`shgan hissasi: O`zbekiston tarixida iz qoldirganlar” shiori ostida kitob ko`rgazmasi va davra suhbati o`tkazildi. 

Davra suhbatida jadidchilik harakatining qanday yuzaga kelgani, uning O‘zbekistonda ijtimoiy va madaniy jarayonlarga qanday ta'sir ko‘rsatganligi haqida so‘z yuritildi. Jadidlar, ayniqsa, XX asr boshlarida o‘zlarining ta'lim va madaniyatga oid yangi yondashuvlari bilan tanilganligi ta`kidlab o`tildi. 

Shuningdek, jadidlarning ta'lim tizimida amalga oshirgan islohotlari, yangi maktablar ochilishi, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi alohida e'tirof etildi. Kitobxonlar tomonidan jadidlarning g‘oyalari va faoliyatining ahamiyati, hamda ularning ilm-fan va ma'rifatni rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Jadidlarning ta'lim va ijtimoiy islohotlarga oid g‘oyalari, ayniqsa, hozirgi yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi. 

Kitob ko'rgazmasida jadidlarning ilmiy va adabiy merosi haqida yozilgan eng dolzarb kitoblar, maqolalar va ilmiy tadqiqotlar, tarixiy asarlar namoyish etildi. Kitob ko`rgazmasiga sharh berildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр