o‘z
RU
DE
Malaka oshirish, o'quv amaliyot o`rgatish seminari bo`lib o`tdi
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining Rus filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalari uchun malaka oshirish, o'quv amaliyot o`rgatish seminari bo`lib o`tdi. Ushbu tadbirda talabalar amaliyot uchun individual ish rejasini ishlab chiqish, amaliyot ishi texnologiyasi, amaliyot ishini tayyorlash bo`yicha malakaga ega bo`ldilar.
Seminar davomida talabalarga buk-tyuber yaratish uchun amaliyot ishi mavzulari taqdim etildi. Mavzu bo'yicha tanlangan materialni tahlil qilish, reja bandlari, maqsad va vazifalarini muhokama qilish topshiriqlari berildi.
Bu jarayon talabalarning interaktiv izlanishlar olib borish, tahlil qilish va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga hissa qo`shadi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр