o‘z
RU
DE
"Yoz - bilim va ilhom mavsumiga aylansin " mavzusidagi kitob koʻrgazmasi.
"Yoz - bilim va ilhom mavsumiga aylansin " mavzusidagi kitob koʻrgazmasi.
2025-yil 3-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Yoz - bilim va ilhom mavsumiga aylansin" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada “Boburnoma”, “Qiz talashgan oʻsmirlar”, “Kecha va kunduz”, “Xayolimda sen bor”, “Qiyomat” kabi asarlar tarixiy, dramatik va ruhiy-psixologik, bolalar uchun esa "Bilmasvoy" , "Asalari sarguzashtlari" ,"Rim ertaklari" singari kitoblar jamlangan.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirishdir. Bu ko‘rgazma bolalarni va yoshlarni kitob o‘qishga rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir yoshdagi kitobxon o‘ziga mos, qiziqarli va foydali asarni tanlab olishi mumkin.