"Kirill yozuvi — zamonlar orasidagi tirik rishta"

"Kirill yozuvi — zamonlar orasidagi tirik rishta"

Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazining Qo‘shimcha ta’lim markazida Slavyan yozuvi va madaniyati kuniga bag‘ishlangan yorqin va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. "Kirill yozuvi — zamonlar orasidagi tirik rishta" deb nomlangan ushbu tadbir slavyan yozuviga qiziqish bildirgan keng doiradagi ishtirokchilarni bir joyga jamladi. Tadbirni Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Alimxo‘jayeva T.S. ochib berdi. O‘z nutqida u kutubxonaning ma’rifat va ma’naviy o‘sish markazi sifatidagi alohida rolini ta’kidladi hamda kitobning madaniy o‘zlikni shakllantirishdagi muhim o‘rnini qayd etdi.

 

Tadbirda faxriy mehmonlar va ishtirokchilar sifatida quyidagilar qatnashdi:

• O‘zDJTU rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudirasi, filologiya fanlari doktori, professor Petruhina N.M., shu kafedra o‘qituvchisi Gapparova Sh.M.,

• Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining rus tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchilari — Rogozinnikova N.G. va Fayzova F.Sh.,

• O‘zbekiston Rus madaniyati markazi vakillari,

• Talabalar va o‘quvchilar.

 

AKM mutaxassisi Tulupova V. tomonidan tadbir bilan nomdosh kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh taqdim etildi. Ko‘rgazmada slavyan yozuvi tarixi, ilk kitob bosuvchilar, kirill yozuvining shakllanishi va slavyan mamlakatlarida kitob madaniyatining rivojlanishiga oid adabiyotlar namoyish etildi.

Tadbir davomida Rogozinnikova N.G. slavyan alifbosining yaratilish tarixi va Kirill hamda Mefodiylarning buyuk ma’rifiy missiyasi haqida qiziqarli ma’ruza o‘qidi. Talabalar turli davrlarga oid adabiy yodgorliklardan parchalar o‘qib, ularning mazmuni va tilini muhokama qilishdi.

Bayramona kayfiyatga slavyan xalq qo‘shig‘i alohida ruh bag‘ishlab, tadbirga yorqin yakun yasadi.

O‘zDJTU rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudirasi Petruhina N.M. slavyan yozuvi, madaniyati va kitob bosish tarixining, ayniqsa rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari uchun muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, bu soha vakillarining ma’naviy va madaniy merosni asrashdagi o‘rnini ham alohida qayd etdi.

Ushbu tadbir ishtirokchilarga slavyan yozuvining qadr-qimmatini chuqurroq anglash, buyuk ma’rifatchilar qoldirgan ma’naviy merosga yaqinlashish imkonini berdi. Kirill yozuvi, albatta, zamonlar, madaniyatlar va avlodlarni bog‘lovchi tirik rishta bo‘lib kelmoqda.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр