o‘z
RU
DE
Ayollar va ta'lim: Bilimli ayol taraqqiyot kafolati.
Ayollar va ta'lim: Bilimli ayol taraqqiyot kafolati.
2025-yil 13-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar va taʼlim: Bilimli ayol taraqqiyot kafolati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda jamiyatda ayollarning bilim va taʼlim orqali tutgan oʻrni, ularning rivojlanishdagi roli muhokama qilindi.Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi D.U. Sufiyeva ishtirok etib, o‘zlarining boy tajribalari, huquqiy bilimlari hamda ta’limdagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular tomonidan ilgari surilgan fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda davrada jonli va samarali muloqot muhitini yaratdi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan kitob koʻrgazmasi esa ayollar hayoti, huquqlari, taʼlimdagi ishtiroki va yetakchilik mavzulariga oid adabiyotlarni oʻz ichiga olgan boʻlib, qatnashchilarga mazmunli maʼlumotlar taqdim etdi. Bunday uchrashuvlar ayollarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.