o‘z
RU
DE
“Tanishing, Yangi adabiyotlar”
“Tanishing, Yangi adabiyotlar”
2025-yil 16-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Tanishing, Yangi adabiyotlar” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – kitobxonlar e’tiborini yangi chop etilgan adabiyotlarga jalb etish hamda ularning mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirishdan iborat. Ko‘rgazmada zamonaviy psixologiya yo‘nalishidagi asarlar, bolalar uchun moʻljallangan adabiyotlar, kitobxon ona va bola uchun maxsus adabiyotlar shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan yozilgan va sovgʻa qilingan qimmatli kitoblar namoyish etilgan.
Mazkur ko‘rgazma nafaqat kitobxonlar, balki yosh tadqiqotchilar va tarixga qiziquvchi keng jamoatchilik uchun ham muhim manba boʻlib xizmat qiladi. Koʻrgazma orqali kitobxonlar yangi adabiyotlar bilan tanishishi, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.