o‘z
RU
DE
"Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola"
2025-yilning 17-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur kitob koʻrgazma oila institutining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, ayniqsa, onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ta’sirini kitobxonlik orqali namoyon etishga xizmat qiladi. Ko‘rgazmada bolalar adabiyoti, tarbiyaviy asarlar, zamonaviy pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi kitoblar, shuningdek, oila va bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan klassik hamda zamonaviy adiblarning asarlari namoyish etildi. Tashrif buyurganlar uchun ona va bola o‘rtasidagi kitob orqali shakllanadigan mehr-muhabbat, tafakkur va ma’naviyat bogʻliqligi bo‘yicha chuqur fikrlar uyg‘otildi.
Kutubxonamizga tashrif buyurgan onalarga o‘z farzandlari bilan birgalikda mutolaa madaniyatini shakllantirish, oilaviy o‘qish an’analarini rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Bu kabi ko‘rgazmalar aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yosh avlodni ma’rifatli va kitobsevar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitob koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.