o‘z
RU
DE
“Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida kitob koʻrgazmasi
2025-yil 17-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.Ayollar huquqlarining ta’minlanishi har bir jamiyat taraqqiyotining muhim mezonidir. Ayolga yaratilgan imkoniyatlar — butun jamiyat salohiyatini ro‘yobga chiqaradi.
O‘zbekistonda ayollar huquqlarini ta’minlashga oid qonunlar, davlat dasturlari va xalqaro hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan islohotlar taraqqiyotga xizmat qilayotgani ta’kidlanadi. Ayol faolligi — barqaror rivojlanish kafolatidir.
Mazkur koʻrgazmaning maqsadi ayollar huquqlarini himoya qilish va ularni turli sohalarda qo‘llab-quvvatlash jamiyat taraqqiyotida oʻz oʻrnini topishdir. Ayol — jamiyat ustuni, uning huquqlari esa taraqqiyot kalitidir.
Ushbu ko'rgazmaga qiziqqan barcha kitobxonlarni Mirzo Ulug'bek tuman axborot - kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
