"Mahmudxoʻja Behbudiy - Buyuk xalq ma`rifatchisi"

2025-yil 16-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, ularning ibratli merosini yosh avlod ongiga singdirish” maqsadida qabul qilingan 76-sonli buyruq ijrosi doirasida  "Mahmudxoʻja Behbudiy - Buyuk xalq ma`rifatchisi" nomli navbatdagi kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Bu koʻrgazma yurtimiz tarixida muhim o‘rin egallagan ma’rifatparvar siymolarning hayoti va faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim hisoblanadi.

 

 

 Kitob koʻrgazmada Mahmudxoʻja Behbudiyning asarlari, u haqidagi ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va adabiy-tarixiy manbalar namoyish etildi. 

 

Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр