o‘z
RU
DE
“Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola”
Joriy yilning 15-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi yangi adabiyotlar bilan boyitildi.
Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodda o‘qishga mehr uyg‘otish hamda onalarning bu jarayondagi o‘rni va ta’sirini yoritishdan iborat.
Ko‘rgazmada oilaviy tarbiya, bolalar adabiyoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya va kitobxonlik madaniyatiga oid turli asarlar namoyish etildi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
