Ulugʻ G‘alabaning 80 yilligi

Joriy yilning 11-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Ulugʻ G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan videokonferensiya–teleko‘prik bo‘lib o‘tdi. Tadbir 211-oʻrta ta’lim maktabi o‘quvchilari va MDH davlatlari tengdoshlari o‘rtasida muloqot hamda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

 

 

Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirokchilarga O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi jasorati va xalqimizning umumiy g‘alabaga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasini taqdim etdilar

Onlayn texnologiyalar orqali tashkil etilgan teleko‘prik yoshlarning ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy uslublardan samarali foydalanish imkonini namoyish etdi. Tadbirda “VETERAN” birlashmasi vakillari ham ishtirok etib, yoshlar ongida vatanparvarlik, tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga hissa qo‘shdilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр