o‘z
RU
DE
“10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi kuni
Joriy yilning 10-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi kuni” munosabati bilan kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh oʻtkazildi.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston madhiyasining yaratilish tarixi, madhiyaning mualliflari — Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonovning hayoti hamda ijodi haqida oid keng yoritildi. Shuningdek, yurtimiz ramzlari, milliy madhiyamizning mazmun-mohiyati va uning yoshlar tarbiyasidagi oʻrni haqida ma’lumot beruvchi kitoblar ham taqdim etildi.
Koʻrgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat tuygʻusini yanada mustahkamlash, madhiyamizning ma’naviy ahamiyatini keng targʻib qilishdan iborat.
