“Konstitutsiya — ayollar huquqlarining mustahkam kafolati”

Joriy yilning 9-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya — ayollar huquqlarining mustahkam kafolati” mavzusida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuvni Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.U. Sufiyeva olib bordilar. Tadbir davomida ayollar huquqlarini ta’minlash, konstitutsiyaviy kafolatlar va ularning hayotimizdagi o‘rni haqida qimmatli fikrlar bildirildi.

 

 Davra suhbatida kutubxona mutaxassislari ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan savol-javoblar va fikr almashuvlar tashkil etildi.

 

 Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda ayollar o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр