o‘z
RU
DE
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
Joriy yilning 5-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir 64-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchilari bilan tashkil etilib, yosh avlod qalbida Vatanimizning eng muhim hujjati – Konstitutsiyaga hurmat va e’tibor tuyg‘usini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning mamlakat taraqqiyoti va fuqarolar huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni haqida sodda va tushunarli tarzda ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bolalarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi qiziqarli savol-javoblar, viktorinalar, kichik suhbatlar tashkil etildi.
