“8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”

Joriy yilning 4-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” ga bagʻishlab mazmunan boy va rang-barang kitob koʻrgazmasi tayyorlandi.
 
 
Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan asosiy tamoyillar keng yoritilgan adabiyotlar jamlandi. Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar, huquqiy-demokratik davlat barpo etish yoʻlidagi tarixiy bosqichlar ham alohida o‘rin oldi.
 
Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – yoshlar va kitobxonlar ongida qonun ustuvorligiga hurmat, huquqiy savodxonlikni oshirish, mamlakatimizning bosh Qonunini chuqur anglashga ko‘maklashishdan iborat.
 
Koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalamuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
Источник: 
Информационно- библиотечный центр