“Ayollar huquqlari taraqqiyot asosi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari taraqqiyot asosi: ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi D.U. Sufiyeva olib bordi.
 
 
 
Davra suhbati davomida ayollar huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat va iqtisodiyotdagi faolligini oshirish, xususan, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar va huquqiy mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil 
javoblar oldila
.
 
Tadbirda kutubxona mutaxassislari ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur davra suhbati ayollar huquqiy ongi va tadbirkorlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр