o‘z
RU
DE
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish,
oriy yilning 22-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Toshkent shahrida joylashgan “Wunderkind Family” xususiy maktabiga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona axborot xizmatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.




Tashrif davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyati, mavjud axborot-resurslar, zamonaviy xizmat turlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. O‘quvchilar uchun kitob mutolaasining ahamiyati, bilim va tafakkurni kengaytirishdagi o‘rni haqida suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik kelgusida o‘quvchilarni kitobga oshno etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishga xizmat qiladi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
