“Islom Karimov — mustaqilligimizning asoschisi va bunyodkori”

 Joriy yilning 30-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasiga bagʻishlangan “Islom Karimov — mustaqilligimizning asoschisi va bunyodkori” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 
 
 Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 88 yilligiga bagʻishlangan ushbu ko‘rgazmada Birinchi Prezidentimiz faoliyatini aks ettiruvchi adabiyotlar namoyon etilgan bo‘lib, bunda ularning siyosiy nutqlari, uchrashuvlari hamda asarlarining chuqur tahlili o‘rin olgan. 
 
Ushbu asarlar yoshlarda ma’naviy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni davlat siyosati darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр