o‘z
RU
DE
Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.
Joriy yilning 30-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.
Malaka oshirish o‘quv amaliyoti talabalarni AKM faoliyati bilan tanishtirishga qaratilgan suhbat tadbiri bilan boshlandi.



O‘quv amaliyoti davomida talabalar axborot-kutubxona markazida, xususan, “Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish bo‘limi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga AKMning umumiy faoliyati, uning vazifalari, o‘quv va ilmiy resurslar, shuningdek, kutubxona tizimida talabalar va ilmiy jamoatchilik uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Amaliyot jarayonida talabalar kutubxona qoidalari bilan tanishib, axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
