“Mahmudxo‘ja Behbudiy — buyuk xalq ma’rifatchisi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi

Joriy yilning 5-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy — buyuk xalq ma’rifatchisi” mavzusida kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.
 
 
 Bibliografik sharhda jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi, uning milliy ma’rifat, ta’lim-tarbiya, matbuot va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos xizmatlarini yorituvchi adabiyotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Behbudiyning asarlari orqali yoshlarni ilm-ma’rifatga, vatanparvarlik va ongli fikrlashga chorlovchi g‘oyalar targ‘ib etildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр