O‘quv amaliyoti doirasida

 Joriy yilning 5-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.
 
 
 Bugungi o‘quv amaliyoti davomida talabalar markaz fondidagi kitoblar asosida buktreyler va taqdimotlar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘pladilar.
 
 Shuningdek, talabalar tanlangan asarlar mazmunini o‘rganib, buktreylerlar uchun ssenariy g‘oyalari, vizual obrazlar hamda taqdimot uchun mos materiallarni tayyorladilar.
 
 Bu jarayon orqali talabalar axborotni ijodiy yondashuv asosida taqdim etish, kitobxon qiziqishini oshirishga qaratilgan vizual kontentlar yaratish bo‘yicha tajriba orttirdilar
Источник: 
Информационно- библиотечный центр