o‘z
RU
DE
O‘quv amaliyoti doirasida
Joriy yilning 9-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun navbatdagi o‘quv amaliyoti doirasida mashg‘ulot o'tkazildi.




Mashg‘ulot jarayonida talabalar AKM fondi hamda raqamli manbalar orqali o‘z buktreylerlari uchun mos axborotlarni to‘pladilar, ssenariy va vizual g‘oyalar ustida ishladilar. Shuningdek, talabalar o‘z buktreylerlarini yaratish uchun konsepsiyalar ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga doir batafsil rejalarni shakllantirdilar hamda buktreylerlar uchun suratga olish ishlarini davom ettirishdi.
Mazkur faoliyat talabalarining ijodiy fikrlashini kengaytirish, axborot bilan ishlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
