“Alisher Navoiy — gʻazal mulkining sultoni, mutafakkir va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Joriy yilning 10-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 112-sonli umumta’lim maktabida “Alisher Navoiy — gʻazal mulkining sultoni, mutafakkir va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 
Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, boy adabiy merosi hamda davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilib, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
 
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar ishtirokida viktorina tashkil etilib, faol qatnashganlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр