o‘z
RU
DE
O‘quv-amaliy mashg‘ulot
Joriy yilning 12-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTU “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulot mazmunan boy va samarali tarzda o‘tdi.




Mashg‘ulot davomida talabalar o’zlarining tanlagan yozuvchilarining asarlari boʻyicha mustaqil tayyorlagan buktreylerlarinining taqdimotlarini namoyish etdilar.
Taqdimotlarda asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, yozuvchining tanqidiy realizm yo‘nalishidagi mahorati, obrazlar tizimi va ijtimoiy muhit tasviri chuqur tahlil qilindi. Har bir chiqish tahliliy yondashuv, mustaqil fikr va adabiy matn bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki omma oldida erkin va ravon fikr bildirish, adabiy asarni chuqur anglash hamda tahlil qilish malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
