o‘z
RU
DE
“Bilitz” nemis tili o‘quv markaziga tashrif
Joriy yilning 5-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Bilitz” nemis tili o‘quv markaziga tashrif buyurib, kutubxona targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.


Tashrif davomida markaz tinglovchilariga axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, nemis tili va Germaniya madaniyatiga oid adabiyotlar haqida ham tanishtirilib, ularning mazmuni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tashrif yakunida kelgusida ham yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, turli uchrashuvlar va ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
