o‘z
RU
DE
“Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari” boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Azimov Muxammad Mirzaahmadovich tashrifi
Joriy yilning 5-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga Chirchiq shahrida joylashgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Maxsus Operatsiyalar Kuchlari 27110” harbiy qism komandirining “Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari” boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Azimov Muxammad Mirzaahmadovich tashrif buyurdi.



Tashrif davomida mehmon kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Suhbat jarayonida kelgusida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, harbiy qism kutubxonachisini ish tajribasini oʻrganish maqsadida axborot-kutubxona markaziga yuborish hamda harbiylar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar va kitobxonlikni targʻib qiluvchi loyihalarni birgalikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida podpolkovnik Azimov Muxammad Mirzaahmadovich kutubxonaga aʼzo boʻlib, kitobxonlar safini boyitdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
