o‘z
RU
DE
Joriy yilning 25-mart kuni o‘tkazilgan “Kutubxona malikasi” ko‘rik-tanlovida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Abdusalomova Ro‘zigul munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlov “Bilim” axborot-kutubxona tashabbusi bilan tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘z bilim saviyasi, nutq madaniyati, kitobxonlikka bo‘lgan muhabbati hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Abdusalomova Ro‘zigul ham faol ishtiroki, intilishi va salohiyati bilan ajralib turdi.
Ushbu yutuq kutubxona tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va mahoratini namoyon etish bilan birga, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Источник:
Информационно- библиотечный центр