Joriy yilning 27-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazining AKT mutaxassislari tomonidan “Axborot-kutubxona markazida axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Axborot-kutubxona markazi mutaxassislariga axborot tizimlaridan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollar yaratish hamda turli kiberxavflardan (viruslar, fishing hujumlari va zararli havolalar) himoyalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbir davomida mavzuga oid slaydlar asosida tayyorlangan taqdimot namoyish etilib, unda axborot xavfsizligining asosiy jihatlari va amaliy tavsiyalar batafsil yoritib berildi.

Xodimlarga elektron resurslar, ma’lumotlar bazalari hamda internet tarmog‘idan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish muhimligi alohida ta’kidlandi. Axborot xavfsizligini ta’minlash orqali kutubxona faoliyatining samaradorligini oshirish hamda foydalanuvchilarga ishonchli xizmat ko‘rsatish masalalari yoritildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр