“Deutsch School” xususiy maktabi o‘quvchilari tashrif buyurdi.

2026-yil 1-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga “Deutsch School” xususiy maktabi o‘quvchilari tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar uchun nemis o‘quv zalida ekskursiya tashkil etildi.
 
 
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilarga nemis o‘quv zalining imkoniyatlari, undagi adabiyotlar fondi hamda mavjud resurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
 
Mazkur ekskursiya o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga hamda ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр